Loyiha bo'yicha bog'lanish E-mail: dhistory22@mail.ru

Tilni tanlash:

2022 yilning 27-30 oktyabr kunlari А-OT-2021-542-sonli “Qatagʼon qurbonlarining merosini yanada chuqur oʼrganish, ularning xotirasini abadiylashtirish va ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy gʼoyalarining taʼlim va tarbiyadagi ahamiyati yoritilgan elektron platforma va mulьtimediyali kompleksini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha ilmiy xodimlari R.R.Muhammadiyev va J.E.Tog’ayevlar oʼzaro tajriba almashish hamda maʼruza oʼqib kelish maqsadida Olmaota shahridagi Аl-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida bo’ldilar.

Аl-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetidagi raqamli tarix yoʼnalishi doirasida elektron platforma va mulьtimediyali kompleksini yaratish boʼyicha tajribasi oʼrganildi. Hamkorlikda taʼlim dasturlarini amalga oshirish istiqbollari prof. S.А.Jakisheva hamda kafedra mudiri prof. R.S.Mirzabekova bilan muhokama qilindi.

Xalqaro loyihalar doirasida doimiy hamkorlik aloqalarni oʼrnatish masalasi muhokama qilinib, Markaziy Osiyo turkiy xalqlari tarixiga bagʼishlangan loyihada OʼzMU tarix fakulьteti professor-oʼqituvchilarini ham ishtirokini taʼminlashga kelishildi, taʼlim sohasidagi ilgʼor tajribalar oʼrganildi.

Shuningdek, OʼzMU tarix fakulteti professor-oʼqituvchilarini Аl-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida kelajakda malaka oshirishlari masalasi muhokama qilindi.

Loyiha davomida quyidagi natijalarga erishildi:

– Аl-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetidagi tarix sohasida olib borilayotgan loyihalarni bajarish hamda ularda axborot texnologiyalarni qoʼllash boʼyicha tajribasi oʼrganildi;
– Markaziy Osiyo turkiy xalqlari tarixiga bagʼishlangan loyihada Qozʼogʼiston va Oʼzbekiston olimlari birgalikda tadqiqot olib borilishiga kelishildi;
– Kelajakda yosh tadqiqotchilarning Аl-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida stajirovka va malaka oshirish yoʼnalishlari belgilab olindi;
– Taʼlimni boshqarish va tashkil etishning Qozoq milliy universiteti tajribasi oʼrganildi, «Исторический компьютинг» klubi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.