Loyiha bo'yicha bog'lanish E-mail: dhistory22@mail.ru

Tilni tanlash:

Mazkur platforma A-OT-2021-542 – “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish, ularning xotirasini abadiylashtirish va ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalarining ta’lim va tarbiyadagi ahamiyati yoritilgan elektron platforma va multimediyali kompleksini yaratish” amaliy loyihasi doirasida ishlab chiqilgan.

Loyiha doirasida doirasida Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish, ularning xotirasini abadiylashtirish va ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalarining ta’lim va tarbiyadagi hamiyati yoritilgan elektron platforma va multimediyali kompleksini yaratish asosiy maqsad sifatida belgilangan.

Mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda bir qator vazifalar belgilab olingan bo’lib, loyiha doirasida ular bajarildi:

  • qatag‘on qurbonlari bo‘lgan yurtdoshlarimiz haqida xotira kitobining mobil ilovasini yaratish;
  • qatag‘onga uchragan yurtdoshlarimiz va ularning xotirasini kelgusi avlodlarga etkazish maqsadida elektron platforma yaratish, platformadan erkin foydalanish uchun elektron bazani shakllantirish hamda doimiy ravishda yangilab borish;
  • qatag‘on qurbonlari ma’naviy merosini yanada chuqur o‘rganish va abadiylashtirish maqsadida manbalarning elektron platformasini shakllantirish va multimediya to‘plamini yaratish.