Loyiha bo'yicha bog'lanish E-mail: dhistory22@mail.ru

Tilni tanlash:

A-OT-2021-542 – “Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada chuqur o‘rganish, ularning xotirasini abadiylashtirish va ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalarining ta’lim va tarbiyadagi ahamiyati yoritilgan elektron platforma va multimediyali kompleksini yaratish” loyihasi doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi tomonidan 2022 yil 28 sentyabr kunlari “O‘zbekiston tarixini o‘rganishda raqamli texnologiyalarning ahamiyati” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamkorligida tashkil etildi. Anjumanda mahalliy olimlar bilan bir qatorda Yaponiya, Ispaniya, Rossiya, Qozog’iston, Janubiy Afrika Respublikasidan taniqli olimlar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdilar.