Loyiha bo'yicha bog'lanish E-mail: dhistory22@mail.ru

Tilni tanlash:

2022 yilning 27 sentyabr kuni O’zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsi Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti professori, tarix fanlari doktori Jakisheva Saule Aukenovna tomonidan olib borildi. Mahorat darsida raqamli tarixning umumiy xususiyatlari, tarix va informatika fanlarining aloqadorligi, raqamli tarix metodologiyasi, tarixiy tadqiqotlarda elektron ma’lumotlar bazasining ahamiyati kabi masalalarga alohida to’xtalib o’tildi. Ma’lumot o’rnida qayd etish joizki, Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti xalqaro reytinglarda yuqori o’ringa ega oliy ta’lim muassasi hisoblanadi (QS reytingida 156-o’rinda).